Yakunda faxriylarimiz hukumatimiz va davlatimizning koʻrsatayotgan bunday eʼtiboridan mamnun ekanliklarini aytib, keyinchalik ham boksimiz rivoji yoʻlida oʻz xizmatlarini ayamasdan safarbar etishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.
15 Dekabr 2021
1941
Marat Qurbonov boshchiligidagi boks fidoyilariga “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi
Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi sport turlarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan fidoyilarning mehnatlarini munosib ragʻbatlantirishda davom etadi. Bu gal boks faxriylari eʼtibor markazida boʻldi.
Bugun Kengash raisi Bahodir Maxsitov boks boʻyicha terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov, shuningdek, Rinat Yusupov, Najib Arslonov, Obidjon Zokirov kabi umrining asosiy qismini oʻzbek boksi rivojiga bagʻishlagan, jahon arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan shogirdlarni yetishtirgan 15 nafar fidoyilarga “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishonlarini topshirdi.