15 Noyabr 2021 1950

Muhammadqodir Abdullayevni tabriklaymiz!

Bugun boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Muhammadqodir Abdullayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Muhammadqodir Abdullayev 1973 yil 15 noyabr kuni dunyoga kelgan. Boks bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. 2000 yil Sidneyda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqib, Mustaqil O‘zbekiston hisobiga yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalni taqdim qilgan. Shuningdek, professional boksda ham hamyurtimiz yorqin ishtirok etganini ta’kidlash joiz. Abdullayevning qo‘lga kiritgan g‘alabalari hukumatimiz tomonidan “Shuhrat” medali”, “El-yurt hurmati” ordeni hamda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Muhammadqodir Abdullayevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech