Bugun ham oʻzbek sporti muxlislari jahon chempionatlarida hamyurtlarimizning chiqishlariga guvoh boʻlishadi. Toshkentda yosh umidli polvonlarimizdan biri supaga chiqsa, gandbolchi qizlarimiz JCHdagi soʻnggi oʻyinlarini oʻtkazishadi.
Dastlab “Yunusobod sport majmuasi”da -102 kg vazn toifasida Qurbonmurod Namozovning chiqishini tomosha qilamiz. Joriy yil Saudiya Arabistonida oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyat qozongan Namozov bugun “B” guruhida ishtirok etadi.
Ispaniyadagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan gandbolchi qizlarimiz musobaqadagi oxirgi oʻyinini oʻtkazishadi. Bugun ular Paragvay jamoasi bilan 29-30 oʻrinlarni boʻlishib olishadi.
Shuningdek, poytaxtimizda 2008-2010-yillarda tugʻilgan bolalar oʻrtasida qilichbozlik boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati start olmoqda. Birinchi kun doirasida yosh shpagachilarning shaxsiy birinchilikdagi janglariga guvoh boʻlimiz mumkin.