Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida boks boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi. Reglamentga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasida final janglari oʻtkazildi. Kutilganidek, barcha bellashuvlar shiddatli va murosasiz ruhda oʻtdi. Qayd etish joiz, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari Dilshod Roʻzmetov, Bobousmon Baturovlarning magʻlubiyatga uchragani yangi yulduzlar yetishib chiqayotganidan dalolat berdi. Quyida bugungi final bellashuvlarining natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
-48 kg. Jalilov Asilbek – Shodiyor Meliqoʻziyev
-51 kg. Mironshox Ibragimov – Xujanazar Nortojiyev
-54 kg. Shahzod Muzaffarov – Dilshod Abduvaliyev
-57 kg. Shunqor Abdurasulov – Xasanboy Latiboxunov
-60 kg. Xurshidbek Rasuljonov – Faryozbek Xakimov
-63,5 kg. Tursunov Mujibullo – Ruslan Abdullayev
-67 kg. Jahongir Raxmonov – Javlonbek Yoʻldoshev
-71 kg. Bobousmon Baturov – Azizbek Tojiyev
-75 kg. Saidjamshid Jafarov – Abdulaziz Abdupattayev
-81 kg. Dilshod Roʻzmetov – Odiljon Aslonov
-86 kg. Timur Marjanov – Joʻrabek Toshtemirov
-92 kg. Jamshidjon Abdullayev – Javohir Togʻaymurodov
+92 kg. Jahongir Zokirov – Jamshid Xudayberganov.
Shuningdek, musobaqa yakunida anʼanaga muvofiq chempionatning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiyev kubogi topshirildi. Bu yil erkaklar oʻrtasida Ruslan Abdullayev va ayollardan Nigina Oʻktamova mazkur sovrinni qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, Nurxon Asadullayeva turnirning eng yaxshi hakami deb eʼtirof etildi.
Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Oʻzbekiston chempionatini barcha qitʼalardan tashrif buyurgan AIBAning 3 yulduzli 8 nafar referisi mahalliy hakamlar bilan birgalikda boshqarib borishdi.