Qayd etish joiz, ushbu loyiha amalga oshsa, Olimpiya oʻyinlari tarixida daryo boʻylab oʻtgan dastlabki ochilish marosimi boʻladi.
14 Dekabr 2021
2119
Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi tantanali ochilish marosimini Sena daryosida oʻtkazmoqchi
Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi butun insoniyat eʼtiborini tortgan yangilikni eʼlon qildi. Unga koʻra, tashkilotchilar musobaqaning tantanali ochilish marosimini stadionda emas, ochiq havo ostida, aniqrogʻi Sena daryosi boʻylab oʻtkazishni moʻljallamoqda.
Rejaga koʻra, marosimda ishtirokchi davlatlar maxsus qayiqlarda daryo boʻylab belgilangan 6 kilometrlik masofani suzib oʻtishadi. Parad yoʻnalishi daryo boʻylab shaharning koʻzga koʻringan obyektlari oldidan oʻtadi. Hisob-kitoblarga koʻra, bunday marosimni 600 ming tomoshabin bevosita sohil boʻylarida kuzatib borishi mumkin.