14 Dekabr 2021 1701

Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlanadi

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun erkaklar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.

Kutilganidek, o‘z vazn toifalarida Shunqor Abdurasulov, Bobousmon Baturov, Saidjamshid Jafarov, Dilshod Ro‘zmetov kabi yetakchilar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Tokio-2020 ishtirokchisi Sanjar Tursunov esa chorak finalda imkoniyatni boy berib, sovrindorlar qatoriga kira olmadi. Soat 17:00 da start oladigan final bellashuvlari juftliklari bilan tanishing:

Text to speech