Dam olish kunlari Oʻzbekiston bilyard federatsiyasi tomonidan faxriylarimiz uchun koʻngilochar tadbir tashkil etildi. Unda uzoq yillar oʻzbek sporti rivoji yoʻlida oʻz kuchini safarbar qilgan faxriylarimiz sportning ushbu turi boʻyicha oʻzaro bahs olib borishdi.
Mamlakat bilyard federatsiyasi tomonidan sportimiz tarixida birinchi Snuker klubi ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan turnirda Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi rahbariyati, shuningdek MOQ faxriylari ham ishtirok etdilar.
Musobaqa yakuniga koʻra eng yaxshi natijani Shavkat Mahmudov qayd etgan boʻlsa, Sardor Mirzajonov ikkinchi, Murod Inoyatov esa uchinchi oʻrinni egallashdi. Taʼkidlash joiz, musobaqada ishtirok etgan eng kichik qatnashchi 56 yoshni qarshi olgandi.
Oʻzbekiston bilyard federatsiyasi raisi Oʻtkir Komilov tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovgʻalarini topshirar ekan, sport targʻiboti yoʻlida koʻrsatayotgan davomiy faolliklari uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.