Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun navoiylik yosh sportchimiz Sarvarbek Zafarjonov -89 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordi.
Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqini 166 kg bilan toʻrtinchi oʻrinda yakunladi. Siltab koʻtarish dasturida 205 kg va ikki kurash boʻyicha 371 kg natija bilan kumush medallarni qoʻlga kiritmoqda. Qayd etish joiz, ikki kurash boʻyicha 371 kg natijani birinchi boʻlib qayd etgan koreyalik Dongju Yu oltin medalni “ilib ketdi”.
Ogʻir atletika boʻyicha JCH,
Erkaklar, -89 kg:
1. Dongju Yu (Janubiy Koreya) – 371 (167+204) kg
2. Sarvarbek Zafarjonov (Oʻzbekiston) – 371 (166+205) kg
3. Revaz Davitadze (Gruziya) – 370 (171+199) kg.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi va hamyurtimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab qoladi.