13 Noyabr 2021 1844

Xalqaro mutaxassislar o‘q otish sporti bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

O‘q otish sporti bo‘yicha yoshlar bilan ishlovchi xalqaro ekspertlar Toshkent shahrida merganlarimiz uchun amaliyot o‘tkazishdi. Unda Armaniston, Belarus, Moldova, Rossiya va O‘zbekistonning taniqli mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastur doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasida bo‘lib, sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yoshlarga oid asosiy yo‘nalishlar bilan atroflicha tanishishdi. Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Ko‘ngillilar assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashib, Respublikamizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati tuzilmasi haqida ma’lumot olishdi.

Amaliyot davomida mehmonlar mamlakatimizda yoshlar bilan har tomonlama ishlash bo‘yicha amaliyotni ko‘rib chiqdilar, o‘zaro tajriba almashdilar va yoshlar bilan ishlashdagi muammo va istiqbollarni muhokama qildilar. Ishtirokchilar hamkorlikni yanada samarali amalga oshirish uchun MDH hududida bunday tadbirlarni kengaytirishni taklif qilishdi.

Text to speech