13 Noyabr 2021 1817

Anton Fokin, Umidjon Ismanov va Xurshid Tojiboyevni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek sportida oʻz oʻrniga ega boʻlgan uch nafar sportchimiz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ulardan biri sport gimnastikasi boʻyicha Pekin-2008 Olimpiadasi bronza medali sohibi, Osiyo va jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlari sovrindori Anton Fokin, boks boʻyicha Pekin va Rio Olimpiadalari ishtirokchisi, hozirda professional boksda faoliyat olib borayotgan Xurshid Tojiboyev va erkin kurash boʻyicha Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari sovrindori Umidjon Ismanovdir. Tojiboyev hamda Ismanov bugun 32, Fokin esa 39 yoshni qarshi olmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi uchala sportchimizga mustahkam sogʻliq, oilaviy tinchlik-hotirjamlik tilab qoladi.

Text to speech