FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Noyabr 2021 3835

MOQ vakillari “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining buyrug‘iga binoan mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishidagi jonkuyarligi hamda ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtirokini munosib taqdirlash maqsadida bir qator soha mutaxassislariga “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Ahamiyatlisi, ular orasida MOQ mutasaddilari ham bor. Tadbirda MOQ raisi maslahatchisi Alisher Karimov, Qo‘mita raisi devoni rahbari Mira’zam Mirahmedov, Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nozim Atakulov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovdan qabul qilib olishdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamkasblarimizni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusi faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech