FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Dekabr 2021 3821

Uch federatsiya yil yakunlari sarhisobini oʻtkazdi

Yil yakunlanib borgani sari turli federatsiyalarimiz oʻz yoʻnalishlarida yil sarhisobini olib bormoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston polo, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyalari kesimida tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov ham ishtirok etib, federatsiya mutasaddilariga sportimiz rivoji yoʻlida olib borgan samarali ishlari uchun minnatdorchilik bildirib oʻtdi. Quyida turli nominatsiya gʻoliblari roʻyxatini havola qilamiz:

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi:
Konkur boʻyicha eng yaxshi murabbiy: Anvar Ahmedov (Andijon)
Uchkurash boʻyicha eng yaxshi murabbiy: Alik Rahmatullayev (Toshkent)
Ot yoʻrttirish boʻyicha eng yaxshi murabbiy: Yelena Chistyakova (Toshkent)
Porlagan yulduz: Boburjon Valijonov
Eng yaxshi hakam: Shuhrat Safarov
Eng yaxshi ot: “Qirol Kornet L”

Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi:
Eng yaxshi murabbiy: Violetta Zarali
Eng yaxshi erkak sportchi: Sadriddin Qobiljonov
Eng yaxshi ayol sportchi: Samira Abzalova

Oʻzbekiston polo federatsiyasi:
Eng yaxshi murabbiy: Olimjon Xodjayev
Eng yaxshi sportchi: Veronika Muginova

Shuningdek, yil davomida oʻz faoliyati bilan ajralib turgan sportchi va soha mutasaddilari, fidoyilar, faxriylar turli nominatsiyalarda taqdirlanishdi. Mazkur federatsiyalar faoliyatini moliyalashtirishda oʻzining begʻaraz yordamini ayamagan homiy tashkilotlarga ham esdalik sovgʻalari topshirildi. Qayd etish joiz, mazkur 3 federatsiya boshqaruvini samarali olib borayotgan Bahromjon Gaziyevga marosim yakunida “Eng yaxshi rahbar” sovrini taqdim qilindi.

Text to speech