FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Noyabr 2021 3614

Jahon chempionatini uchta medal bilan boshladik

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda sambo bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Hamyurtlarimiz musobaqaning birinchi kun dasturida uchta medalga sazovor bo‘lishdi.

Kunduzgi bellashuvlar yakunlanganidan so‘ng dasturga muvofiq musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov, Osiyo sambo uyushmasi rahbari Alamjon Mullayev, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov ishtirok etishdi.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizning yurtimizda jismoniy tarbiya va sport targ‘ibotiga, sportni qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan e’tibori xususida to‘xtalib o‘tishdi. O‘z navbatida, Vasiliy Shestakov ham bu borada iliq fikrlar bildirib, musobaqa yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidladi.

Marosim yakuniga yetgach hal qiluvchi bellashuvlarga start berildi. Unda ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun gilamga chiqishdi. -50 kg vazn toifasida finalga yo‘l olgan hamyurtimiz Sabina Davlatova belaruslik Anfisa Kapayeva bilan kechgan murosasiz bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, -59 kg vazn toifasida Ibodatxon Agajanova bronza medali uchun kechgan bellashuvda kosta-rikalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, jangovor sambo bo‘yicha +98 kg vazn toifasida bahs olib borgan Hakimjon Ismoilov ham jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini taqdim qildi.

Text to speech