Toshkent kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
Ertaga Bangladeshda kamondan otish bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Bugun musobaqadan avval Osiyo kamondan otish federatsiyasining kongressi bo‘lib o‘tdi.
Unda federatsiyaning oldida turgan vazifalar, yangi rejalar muhokama qilinib olindi. Ahamiyatlisi, rivojlanishning yangi bosqichiga chiqayotgan O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi 2023 yil Osiyo kubogini qabul qiladigan bo‘ldi. Mazkur musobaqa sportchilar uchun jahon reytingiga qimmatli ochkolar taqdim qilishi bilan e’tiborli. Mazkur tadbirda federatsiyamiz nomidan xalqaro aloqalar bo‘limi vakili Orxan Kapadze ishtirok etdi.
Osiyo chempionatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 19 noyabrga qadar davom etadigan bellashuvlarda terma jamoamiz ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Jamoamiz tarkibi esa quyidagicha:
Erkaklar:
1. Mirjalol Qarorov
2. Shohjahon Abdulhamidov
3. Amirxon Sadikov
Ayollar:
1. Ziyodaxon Abdusattorova
2. Kamola Yunusova
3. Munira Nurmanova