Ayni paytda musobaqada saralash bellashuvlari davom etmoqda. Erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan chempionatda Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 350 nafar bokschi gʻoliblik uchun kurashmoqda.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati qizgʻin davom etmoqda
“Universal” sport majmuasida oʻtayotgan boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻzining qizgʻin pallasiga kirmoqda. Xabaringiz bor, bu yilgi mamlakat birinchiligi avvalgilaridan tubdan farq qilmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov, terma jamoamizning murabbiylar shtabi va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir ancha koʻtarinki ruhda oʻtdi. Prezidentimizning sportchilarimizga yoʻllagan motivatsion nutqlari oʻrin olgan videorolik, lazer-shou, Shotlandiya va Ukrainadan tashrif buyurgan ekspertlar, hakamlar qasamyodi ochilish marosimining eʼtiborli voqeliklaridan boʻldi. Hakamlar nomidan, boks boʻyicha ilk Olimpiada sovrindorimiz, Atlanta-1996 Olimpiadasi bronza medali sovrindori, hozirda referelik qilayotgan Karim Toʻlaganov bahslarni halol va shaffof boshqarib borishga qasamyod qildi.