Jahon kubogi, yoshlar
Rapira, yakkalik
1. Aleksandr Prozorov (Rossiya)
2. Adam Yakubovski (Polsha)
3. Yegor Barannikov (Rossiya)
3. Daniil Kravsov (Rossiya)
9 Dekabr 2021
1866
Jahon kubogining birinchi kun gʻoliblari aniq
Maʼlum qilganimizdek, bugun Toshkentda qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogi start oldi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan mazkur bellashuvlarni rapira ustalari boshlab berishdi.
Reglament boʻyicha bugun yakkalik dasturida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Ahamiyatlisi, sovrinli oʻrinlarining deyarli barchasi rossiyalik sportchilarga nasib etdi. Aleksandr Prozorov (Rossiya) hamda Adam Yakubovski (Polsha) toʻqnashuvi ostida kechgan final bellashuvida Prozorovning qoʻli baland keldi.