Kattalar o‘rtasida jahon chempionati
Ayollar, -49 kg
1. Surodchana Kambao (Tailand) – 191 (86+105) kg;
2. Suzuki Rira (Yaponiya) – 179 (78+101) kg;
3. Takaxashi Ibuki (Yaponiya) – 172 (71+101) kg;
10. Zuhra Otajonova (O‘zbekiston) – 150 (66+84) kg.
8 Dekabr 2021
1803
Jahon chempionatida hamyurtlarimiz o‘z ishtiroklarini boshlashdi View Larger Image
Poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida yurtdoshlarimiz ham bahslarga kirishdi. Dastlab ayollar o‘rtasida -49 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz supaga chiqdi.
“A” guruhida ancha kuchli raqibalariga qarshi bahs olib borgan Zuhra Otajonova uchun musobaqa chinakam tajriba maydoni bo‘ldi. Yosh sportchimiz dast ko‘tarish mashqida 66 kg, siltab ko‘tarish mashqida 84 kg, ikki kurash bo‘yicha 150 kg natija qayd etdi (10-o‘rin).
Oltin medal 191 kg tosh ko‘targan tainlandlik Surodchana Kambaoga nasib etdi. Kumush va bronza medallarini yaponiyalik atletlar qo‘lga kiritishdi.