FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Dekabr 2021 3761

Jahon kubogi misrlik qilichbozlarning benefisiga aylanmoqda, Genjebayevda bronza

Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi kuni ham ortda qoldi. Unda shpaga boʻyicha jamoaviy, sablya qurolida yakkalik dasturida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Ahamiyatlisi, har ikki yoʻnalishda ham misrlik qilichbozlar oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Sablya dasturida Adham Moutazga teng keladigani topilmagan boʻlsa, hamyurtimiz Pazilbek Genjebayev bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Jahon kubogi, yigitlar.
Sablya, yakkalik:
1. Adham Moutaz (Misr)
2. Nikolai Stipsin (Rossiya)
3. Pazilbek Genjebayev (Oʻzbekiston)
3. Dmitriy Nasonov (Rossiya)

Jahon kubogi, yigitlar.
Shpaga, jamoaviy:
1. Misr
2. Rossiya
3. Shveysariya

Text to speech