Bugun kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimer Lekveishvili tavallud topgan kun.
Vladimer Lekveishvili 1957-yil 8-dekabr kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tavallud topgan. 1980-yilda Gruziya davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Faoliyati davomida koʻplab iqtidorli sportchilarni yetishtirib bergan.
Ushbu tajribali mutaxassis uzoq yillar Gruziya va Turkiya terma jamoalariga murabbiylik qilgan. Oʻz bilimi va tajribasiga tayangan holda koʻplab sportchilarni kashf etgan Vladimer Lekveishvili 2019-yildan Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Ayni paytda mahoratli murabbiy qoʻli ostida sportchilarimiz nufuzli musobaqalarga qizgʻin hozirlik koʻrishmoqda. Bugun murabbiy shogirdlari bilan tavallud ayyomini koʻtarinki ruhda nishonladi.
Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Vladimer Lekveishvilini tavallud kuni bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.