10 Dekabr 2021 1947

Rapirachilarimiz jamoaviy dasturda Jahon kubogi sovrindori bo‘lishdi

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogidan xushxabar. Bugun rapirachilarimiz jamoaviy dasturda shohsupaga ko‘tarilishdi.

Yarim finalda imkoniyatni boy bergan qilichbozlarimiz ukrainalik yoshlarga qarshi murosasiz bahsda g‘alaba qozonib, uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Polsha va Rossiya jamoalari o‘rtasida kechgan raqobatda polyaklarning qo‘li baland keldi.

Jahon kubogi, yoshlar.
Rapira, jamoaviy:

1. Polsha
2. Rossiya
3. O‘zbekiston

Shuningdek, bugun shpaga bo‘yicha yakkalik dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda misrlik Muhammad Al Said barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Batafsil:

Jahon kubogi, yoshlar.
Shpaga, yakkalik

1. Muhammad Al Said (Misr)
2. Vladimir Talasov (Rossiya)
3. Kirill Gurkov (Rossiya)
3. Nikita Koshman (Ukraina)

Text to speech