Ispaniyada davom etayotgan ayollar o‘rtasida gandbol bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Uchinchi turda vakillarimiz Puerto-Rikoga qarshi bahs olib borishdi.
Shiddatli kurashlar ostida kechgan qarama-qarshilikda Lotin Amerikasi jamoasi 30:24 hisobida ustun keldi. Uchrashuvda hamyurtimiz M.Xudoyqulova 10 ta gol bilan eng sermahsul o‘yinchi bo‘ldi.
Shu tariqa jamoamiz endi 25-32 o‘rin egalarini aniqlab beruvchi divizionda kurashni davom ettiradi. Bu yo‘ldagi ilk raqib Eron jamoasi bo‘ladi. Shundan so‘ng vakillarimiz Kamerun va Angola jamoalariga qarshi maydonga chiqishadi.