10 Dekabr 2021 2091

Doston Yoqubov jahon chempionatida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi!

Toshkentda oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida terma jamoamiz ilk medalini qoʻlga kiritdi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz Doston Yoqubov kun qahramoni boʻldi.

Dast koʻtarish mashqida Yoqubov 144 kg bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Siltab koʻtarish mashqida esa hamyurtimiz kolumbiyalik Fransisko Moskera bilan oltin medal uchun kurash olib borib, yakunda ikki kurash boʻyicha gʻalabani tantana qildi. Bu terma jamoamiz uchun oʻz yurtimizda oʻtayotgan jahon chempionatida ilk medallar boʻldi. Ushbu vazn toifasida Adhamjon Ergashev siltab koʻtarish mashqida 174 kg bilan kichik bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ogʻir atletika boʻyicha JCH, -67 kg:
1. Doston Yoqubov (Oʻzbekiston) – 324 kg (144+180)
2. Fransisko Moskera (Kolumbiya) – 316 kg (137+179)
3. Zulfat Garayev (Rossiya) – 315 kg (146+169)
6. Adhamjon Ergashev (Oʻzbekiston) – 308 kg (134+174)

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bunday ajoyib muvaffaqiyat bilan Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi, Doston Yoqubov va uning yaqinlarini qutlab, keyingi kun dasturlarida ishtirok etadigan vakillarimizga ham omad tilab qoladi.

Text to speech