Ispaniyada gandbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Ahamiyatlisi, unda jamoamiz tarixiy gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

25-32 oʻrinlar uchun kechayotgan bosqichda vakillarimiz eronlik gandbolchilarga qarshi bahs olib borishdi. Har ikki boʻlimda ustunlik qilgan yurtdoshlarimiz yakunda 37:32 hisobida ustun kelishdi. Endi hamyurtlarimiz navbatdagi uchrashuvni ertaga Kamerun jamoasiga qarshi oʻtkazishadi.