Bugun taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Pavel Xan tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Xan Pavel Afanasyevich 1984-yil Toshkentda tavallud topgan. Bir necha yildan beri murabbiylik faoliyatida samarali mehnat qilib kelmoqda. Uning zamonaviy metodikalar asosida beradigan taʼlimidan xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan koʻplab taekvondochilarimiz yetishib chiqmoqda. Jumladan, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari chempioni Ulugʻbek Rashitov aynan ushbu mutaxassis qoʻl ostida shugʻullanadi. Koʻrsatgan xizmatlari evaziga joriy yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Pavel Xanni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.