Bugun 8-dekabr, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bundan 29 yil avval tinch va osoyishta hayotimizning kafolati, mustahkam huquqiy poydevori boʻlgan Bosh qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan.
Konstitutsiyamiz inson huquq va erkinliklarini, jamiyatda tinchlik va totuvlikni taʼminlash, barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiya qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklab qoladi. Qomusimiz tinch va osuda hayotimizni taʼminlashda, davlatchiligimizning yanada rivoj topishida, oilalarimiz farovon boʻlishida abadiy xizmat qilsin!