7 Dekabr 2021 1793

Qitʼamizda tengsiz boʻlgan yosh dzyudochilarimiz tantanali kutib olindi

Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida oʻtgan dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz delegatsiyasi yurtimizga qaytib keldi.

Biroz avval Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Tadbirda Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Mudofaa vazirligi va federatsiya vakillari, murabbiylar, dzyudochilarning ota-onalari hozir boʻlishdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻsmirlarimiz 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza, yoshlarimiz esa 7 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 34 ta medal bilan 17 davlat orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni band etishdi. Toʻrt kun davomida Bayrutda 16 marotaba Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.

Text to speech