Ogʻir atletikachilarimiz uzoq yillardan beri oʻzlari ishtirok etadigan musobaqalarda muntazam yuqori oʻrinlarni egallab kelishgan. Umid qilamizki, oʻz muxlislarimiz koʻz oʻngida oʻtadigan bu galgi jahon chempionatida ham ulkan natijalarni qayd etishadi. Bu yoʻlda sportchilarimizga omad tilab qolamiz.
Bellashuvlar “Yunusobod sport majmuasi”da boʻlib oʻtmoqda. Barcha muxlislarni hamyurtlarimizni qoʻllab-quvvatlashga chorlab qolamiz.
Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati start oldi
Bugun poytaxtimizda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgan musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Musobaqani ayollar oʻrtasida -49 kg vazn toifasidagi “S” guruhi ishtirokchilari boshlab berdi. Shuningdek, bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.
Ushbu dunyo birinchiligida 14 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev, Adham Ergashev, Kumushxon Fayzullayeva, Doston Yoqubov kabi tajribali sportchilarimiz ham bor. Eʼtiboringizga vakillarimiz ishtiroki haqidagi maʼlumotni havola qilamiz:
Ayollar
-49 kg. Zuhra Otajonova – 19:00 (8.12)
-55 kg. Jamila Panfilova – 16:00 (9.12)
-71 kg. Kumushxon Fayzullayeva – 19:00 (13.12)
-87 kg: Tursunoy Jabborova – 19:00 (16.12)
Erkaklar
-67 kg. Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov – 16:00 (10.12)
-81 kg. Muhammadqodir Toshtemirov 19:00 (12.12)
-89 kg. Otaxon Imomov – 10:30 (13.12) (В guruh)
-89 kg. Sarvarbek Zafarjonov – 16:00 (13.12)
-96 kg. Hojiakbar Olimov – 08:30 (14.12) (S guruhi)
-96 kg. Qurbonmurod Namozov – 13:00 (15.12)
-109 kg. Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev – 16:00 (16.12)
+109 kg: Mirhosil Mirzaboyev – 08:00 (17.12) (C guruh).