Qisqa tanaffusdan soʻng yana jahonning eng iqtidorli yosh qilichbozlari Toshkentda toʻplanmoqda. 9-12-dekabr kunlari poytaxtimizda shpaga, rapira va sablya boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi (yigitlar) Jahon kubogi bahslari boʻlib oʻtadi.
Musobaqa Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi taqvim rejasidan oʻrin olgan boʻlib, sportchilar uchun muhim reyting ochkolarini taqdim qiladi. Reglamentga koʻra, bellashuvlar yakkalik va jamoaviy yoʻnalishda boʻlib oʻtadi. Musobaqa taqvimi bilan tanishing:
9-dekabr: Rapira boʻyicha yakkalik
10-dekabr: Shpaga boʻyicha yakkalik, rapira boʻyicha jamoaviy
11-dekabr: sablya boʻyicha yakkalik, shpaga boʻyicha jamoaviy
12-dekabr: sablya boʻyicha jamoaviy