11 Noyabr 2021 1292

“Global Tour-2021”ning beshinchi bosqichi o‘z g‘oliblarini aniqladi

Poytaxtimizdagi “Universal Jumping Agro” ot sport klubida konkur bo‘yicha “Global Tour-2021” musobaqasining beshinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lgan dastur “A” toifasida balandligi 140 sm bo‘lgan to‘siqlardan sakrash bahsi bo‘ldi. Kutilganidek, unda tajribali Bekzod Qurbonov g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rin Nurjan Tuyakbayevga nasib etgan bo‘lsa, G‘ayrat Nazarov kuchli uchlikni yakunlab berdi.

“A” toifa, 140 sm:
1. Bekzod Qurbonov “Abaja Dos Dorados” (ot laqabi)
2. Nurjan Tuyakbayev “Lancelotta”
3. G‘ayrat Nazarov “Losinos Boy”

“D” toifa, 130 sm:
1. Abdushukur Sobirjonov “Samira”
2. Dilmurod Abdurahmonov “Kolibri”
3. Bekzod Qurbonov “Kalimera”

“B” toifa, 120 sm (5-6 yoshli otlar):
1. Umid Komilov “Brand Plus”
2. A’zam Tolibboyev “X”
3. Ibrohim Yo‘ldoshev “Shahzoda Kornet”

“S” toifa, 110 sm (12-14 yoshli chavandozlar):
1. Umar Dadayev “Bukmeker”
2. Boburjon Valijonov “Abadja Dos Dorados”
3. Akbar Sharipov “Kechmeker”

Text to speech