FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Noyabr 2021 4146

Gʻulomjon Abdullayev va Aram Vardanyanni tabriklaymiz!

Bugun ikki mahoratli kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayev va Aram Vardanyan tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Gʻulomjon Ozodovich Abdullayev 1998-yil 11-noyabr kuni Xorazm viloyatida tugʻilgan. Mahoratli erkin kurashchimiz xalqaro arenalardagi eng katta yutugʻini 2016-yil qoʻlga kiritgan. 18 yoshida U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, bronza medaliga sazovor boʻlgan. Joriy yil Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Qayd etgan natijalari evaziga Prezidentimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Aram Vardanyan 1995-yil 11-noyabr kuni Yerevan shahrida tavallud topgan. Yunon-rum kurashi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionatlari, qator xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati bronza medali sohibi. 2019-yil Qozogʻistonning Nur-Sultan shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida -72 kilogramm vazn toifasida kumush medalini qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki kurashchimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech