10 Noyabr 2021
1814
Andijonda yosh zamonaviy beshkurashchilarimiz yig‘in o‘tkazishmoqda
Zamonaviy beshkurash bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz 20 nafar sportchidan bilan yig‘in boshladi. Unda Andijon va Qashqadaryo viloyatidan saralab olingan iqtidorli yoshlar ham qatnashmoqda.
8 noyabr kuni boshlangan yig‘in 29 noyabrgacha davom etadi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad sportchilarni 28-29 noyabr kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tadigan Triatlon va kvadatlon bo‘yicha Respublika ochiq turniriga samarali tayyorlashdan iborat. Mashg‘ulotlar terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Chudnovskiy boshchiligida olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, mashg‘ulotlar zamonaviy beshkurashning 4 ta yo‘nalishi – suzish, qilichbozlik, yugurish va lazerli to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha tashkil etilgan.