Livan poytaxti Bayrut shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Ayni paytga kelib, o‘smirlar toifasidagi bahslar yakunlandi.

Ikki kunlik bahslar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida katta farq bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Qozog‘iston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Janubiy Koreya 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Mo‘g‘uliston, Hindiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Livan va Suriya terma jamoalari hisobida kamida bitta bronza medali bo‘ldi.

Bugun yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yoshlarimizga ham o‘smirlar terma jamoasi kabi muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qoladi.