FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Dekabr 2021 4212

Yoshlarimiz Paraosiyo oʻyinlarini ajoyib boshlashdi

Bahraynda yoshlar oʻrtasida Paraosiyo oʻyinlari boshlandi. Musobaqaning birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

Quvonarlisi, para atletlarimiz musobaqaning kunduzgi dasturida hozircha 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi. Jumladan, para yengil atletikaning ayollar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish turi boʻyicha Kubaro Hakimova 8.38 metr koʻrsatgich bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yoʻnalishda yana bir hamyurtimiz Nigina Husanova 7.39 metr natija bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.

Para suzish bahslarida S8 klassida 200 metrga kompleks usulda suzish dasturida Azizbek Boynazarovga teng keladigan raqib topilmadi. 02:55:43 daqiqa qayd etgan sportchimiz delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qoʻydi.

Bugun para yengil atletika boʻyicha sportchilarimizning ishtiroki davom etadi.

Text to speech