Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda Samarqand shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 29-noyabr kuni boshlangan yigʻin 22-dekabrga qadar davom etadi.
Yigʻinga terma jamoamizning ayni paytdagi asosiy tarkib vakillari va ularga zaxira sportchilari jalb qilingan. Mashgʻulotlarda asosiy eʼtibor sportchilarning texnik holatini kuchaytirishga qaratilgan. Eslatib oʻtamiz, ushbu yigʻin yangi mavsum oldidan sportchilarimizning tayyorlash yoʻlidagi dastlabki bosqich vazifasini bajarib beradi.