Ispaniyada gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Bugun unda ishtirok etayotgan jamoamiz guruh bosqichidagi dastlabki tur uchrashuvini o‘tkazadi.

“S” guruhidan o‘rin olgan qizlarimizning ilk raqibi Shvesiya terma jamoasi bo‘ladi. Ushbu jamoa Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yarim finalchisi hisoblanadi. Bo‘lajak bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, guruhimizdan amaldagi jahon chempioni Niderlandiya va Puerto-Riko jamoalari ham o‘rin olgan. Bo‘lajak bahslarda qizlarimizga omad tilab qolamiz.