O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ana shu sport inshootining qurilishini qo‘llab-quvvatlagan Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasiga, shuningdek, beg‘araz yordam ko‘rsatgan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankiga minnatdorchilik bildiradi.
MOQ rahbari ROZKda qurilgan yangi zalga tashrif buyurdi
Hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji qoshida O‘zbekiston gandbol federatsiyasining yangi binosi va sport zali qurib bitkazilmoqda. Bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov kollejga tashrif buyurib, yangi ob’yekt qurilishi bilan tanishdi.
Tashrif chog‘ida O‘zbekiston gandbol federatsiyasi va kollej mutasaddilari MOQ rahbariga hamrohlik qilishdi. Dastavval Rustam Shoabdurahmonov qurilish loyihasi bilan tanishib chiqdi. Shundan so‘ng ob’yektni obdon aylanib, uning faoliyati bo‘yicha mutasaddilar bilan suhbatlashdi.
Qayd etish joiz, gandbolchilarimiz xalqaro maydonda yuqori natijalarni ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, ayollar jamoamiz bir necha kundan so‘ng Ispaniyada start oladigan jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Zamonaviy sharoitlarga ega ushbu sport zali turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun asosiy baza vazifasini bajarib beradi.
So‘z o‘rnida MOQ raisi bo‘lajak bino o‘zbek sporti, xususan, gandboli rivojini yangi bosqichga olib chiqish, kelgusida jamoaviy yo‘nalishda ham Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishdek ulkan vazifalarni bajarish yo‘lida xizmat qilishini ta’kidladi.