8-12-dekabr kunlari Tailandning Ban Chang shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda qitʼamizning yetakchi jamoalari qatori hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi.

Jamoamiz musobaqada katta delegatsiya bilan qatnashadi. Tarkibga ayni paytda yuqori sport formasida boʻlib turgan Shahboz Xolmirzayev, Sobir Safaraliyev, Alisher Turdiyev kabi 15 nafar sportchimiz jalb qilingan.

Ayni paytda jamoamiz musobaqa oʻtkaziladigan hududga yetib borgan. Biroq tashkiliy qoʻmita talabiga koʻra, sportchilarimiz barcha ishtirokchilar qatori 7 kunlik karantindan soʻng bahslar oʻtkaziladigan arenaga kiritiladi.