MOQ qoshida tashkil topgan “Olympic” klubi muhim uchrashuv ostonasida turibdi. Bugun jamoamiz Muborakning “Mashʼal” jamoasiga qarshi Superliga yoʻllanmasi uchun oʻtish turnirida ishtirok etadi.
Bellashuv soat 16:00 da “Paxtakor” markaziy stadionida start oladi. Eʼtiborlisi, ahamiyati katta boʻlgan mazkur uchrashuvda VAR tizimidan ham foydalaniladi.

“Olympic” – “Mashʼal”
“Paxtakor” markaziy stadioni

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Doniyor Saylalov, Akobirxoʻja Shukurulloyev
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistent: Baxtiyorxoʻja Shavkatov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sardor Qudratullayev.

Stadionga kirish bepul. Barcha futbol muxlislarini ushbu oʻyinni tomosha qilishga chorlab qolamiz.