5 Noyabr 2021 1871

Abdumalik Xalakovga omad tilaymiz!

Bugun Serbiyada boks bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvlariga guvoh bo‘lamiz. Unda yosh iqtidorli bokschimiz Abdumalik Xalakov oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

-60 kg vazn toifasida kechadigan bo‘lajak bahsda hamyurtimizga fransiyalik tajribali Safyan Umia raqiblik qiladi. Ta’kidlash joiz, Umia Gamburg-2017 jahon chempionati g‘olibi, Rio-2016 Olimpiadasi kumush medal sohibi hisoblanadi. O‘z navbatida, Xalakovni Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasi chempioni, Osiyo chempionati sovrindori va boshqa bir qator nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olibi ekanini eslatib o‘tamiz.

Har ikki bokschi yuqori texnikaga ega bo‘lib, ular ishtirokidagi jang musobaqaning eng qiziqarli finali bo‘lishi kutilmoqda. Quyida ikkala bokschining finalgacha bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlaymiz:

Abdumalik Xalakov:
1-bosqich: Erkin o‘tdi
2-bosqich: Abdumalik Xalakov – Yasin Lyama (Shimoliy Makedoniya) 5:0
3-bosqich: Abdumalik Xalakov – Tadey Chernoga (Sloveniya) 5:0
Chorak final: Abdumalik Xalakov – Vsevolod Shumkov (Rossiya) 5:0
Yarim final: Abdumalik Xalakov – Doniyol Shohbaxsh (Eron) texnik g‘alaba

Sofyan Omia:
1-bosqich: Sofyan Umia – Xam San-Myang (J.Koreya) 5:0
2- bosqich: Sofyan Umia – Uilyam Tanko (Slovakiya) 5:0
3- bosqich: Sofyan Umia – Karen Tonakanyan (Armaniston) Raqib jarohati sabab jang to‘xtatilgan
Chorak final: Sofyan Umia – Samatali Toltayev (Qozog‘iston) 4:1
Yarim final: Sofyan Umia – Aleksi de la Kruz (Dominikan Respublikasi) 4:1

Xalakov – Umia to‘qnashuvi Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadigan blokning uchinchi jangidan o‘rin olgan. Bo‘lajak bahsda hamyurtimizga omad va chiroyli g‘alaba tilab qolamiz!

Text to speech