FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Noyabr 2021 3402

Dunyoda yetakchi bo‘lgan harbiy dzyudochilarimiz tantanali kutib olindi

Xabaringiz bor, joriy hafta Fransiya poytaxti Parij shahri harbiylar o‘rtasidagi 40-jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Ushbu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi.

Dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlari yakunida 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Yigitlarimiz esa jamoaviy bahslarda bronza medaliga ega chiqishdi.

Tarixiy natija qayd etgan dzyudochilarimiz yarim tunda yurtimizga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari Alisher Narbayev, MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov va MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, keng sport jamoatchiligi, dzyudochilarning oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Mutasaddilar sportchilarimizni kutib olish ekan, ular qayd etgan natija bilan tabriklab, kelgusida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilashdi.

Text to speech