Taqdirlash marosimida Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov hamyurtimizning sovrinini qabul qilib oldi. Taʼkidlash joiz, ushbu koʻrgazma nafaqat Buyuk ipak yoʻli kesimida joylashgan davlatlar, balki butun dunyoda ipak matolaridan tayyorlanadigan kiyimlar, u bilan bogʻliq madaniyatni ommalashtirishga qaratilgan.
Oʻzbekistonlik dizayner Xanchjou-2022 tashkiliy qoʻmitasi tashabbus koʻrsatgan koʻrgazmada gʻolib boʻldi
Kelasi yil boʻlib oʻtadigan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi taklifiga binoan oʻzbekistonlik dizaynerlar mazkur shaharda oʻtkazilgan Si Pao xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, unda oʻz loyihalari bilan qatnashgan hamyurtimiz birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Koʻrgazmada tashkiliy qoʻmita taklif qilgan davlatlar dizaynerlari ishtirok etdi. Tadbir Xanchjou shahridagi ipak muzeyida oʻtkazilib, unda namoyishga qoʻyilgan kiyimlar ham mazkur xom-ashyodan tayyorlandi. Ahamiyatlisi, oʻzbekistonlik dizayner, “Osiyo ramzi” dizaynerlar uyushmasi vakili Umida Moʻminova gʻoyasiga mansub chizmalar asosida tayyorlangan kiyimlar tashkiliy qoʻmita mutasaddilari tomonidan yuqori eʼtirofga sazovor boʻldi.
Dizaynerimiz tayyorlagan kiyimlar oʻzbek milliy naqshlari asosida bezatilgan. Reglamentga koʻra, har bir ishtirokchi 2 komplektdagi oʻz namunalarini hakamlar hayʼatiga taqdim qilgan. Si Pao xalqaro koʻrgazmasi 2017-yildan yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, uning qamrovi yildan yilga ortib bormoqda.