4 Noyabr 2021 1307

Bugun Xalakov va Saidrahimovga muxlislik qilamiz

Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun yarim final bellashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichga terma jamoamizning ikki nafar vakili yetib kelgan.

Dastlab Toshkent vaqti bilan 18:00 da -60 kg vazn toifasidagi yosh vakilimiz Abdumalik Xalakov eronlik Doniyol Shohbaxshga qarshi ringga ko‘tarilsa, 5-noyabrga o‘tar kechasi 00:30 da Madiyar Saidrahimov amaldagi Olimpiada chempioni kubalik Xulio La Kruz bilan final yo‘llanmasi masalasini hal qiladi.

-60 kg: Abdumalik Xalakov – Doniyol Shohbaxsh (Eron) (18:00 dan so‘ng)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Xulio La Kruz (Kuba) (00:30 dan so‘ng)

Bo‘lajak janglarda hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech