Yigʻilishda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik masalasi ham alohida oʻrin tutmoqda. MOQ rahbari “Toshkent-2025” direksiyasi faoliyatini tezroq yoʻlga qoʻyish, uning ishchi guruh tarkibini shakllantirish, terma jamoalarning tayyorgarligini hozirdan boshlash kerakligini taʼkidladi. Yakunda Rustam Shoabdurahmonov oldinda turgan vazifalar boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Kompleks musobaqalarga tayyorgarlik kun tartibidagi asosiy masala View Larger Image
Mamlakatimizning yaqin yillar ichida yirik xalqaro musobaqalarni qabul qilishi, ularni yuqori saviyada tashkil etish, dunyo arenalarida atletlarimizning muvaffaqiyatli ishtirok etishi Yangi Oʻzbekiston imijini jahon hamjamiyati oldida koʻrsatish uchun ayni muddao. Shubhasiz, bunga katta hajmdagi tayyorgarlik talab etiladi. Shu maqsadda MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov boshchiligida oldinda turgan vazifalar ijrosini nazorat qilish, terma jamoalarimiz uchun maksimal qulayliklar yaratish boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazilmoqda. Unda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, Qoʻmita raisi maslahatchisi Alisher Karimov, MOQ raisi devoni rahbari Miraʼzam Mirahmedov va Qoʻmita mutasaddilari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda federatsiyalarimiz bilan Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik mavzusida oʻtkazilayotgan yigʻilishlar xulosasidan kelib chiqqan holda terma jamoalarimizdagi asosiy kontingentni aniqlab olish, mahalliy va xorijiy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini puxta ishlab chiqish, shaffof va samarali seleksiya ishlarini olib borish asosiy mavzular qatorida turibdi. Qayd etish joiz, davlatimiz rahbarining qoʻllab-quvvatlashi bilan terma jamoalarimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. MOQ mazkur jarayonda davlatimiz va federatsiyalar oʻrtasida bogʻlovchi vazifasini bajarib bermoqda.