FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Noyabr 2021 3345

Yigitlarimiz jamoaviy bahsda bronza medaliga sazovor bo‘lishdi

Parij shahrida dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi jamoaviy bellashuvlarda yigitlarimiz shohsupaga ko‘tarilishdi.

Chorak finalda Braziliyadan ustun kelgan polvonlarimiz yarim finalda avstriyalik raqiblariga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda Eron jamoasi mag‘lub etildi. Afsuski, qizlarimiz uchinchi o‘rin uchun bahsda avstriyalik raqibalariga imkoniyatni boy berib qo‘ydilar. Qayd etish joiz, qizlarimiz 5 o‘ringa mo‘ljallangan bahsda 3 sportchi bilan yurtimiz sharafini himoya qildilar. Bu esa foydalanilmagan 2 o‘rinda raqibga ustunlik beradi. Shunday bo‘lsa ham, ular bronza medali uchun kurashish bosqichigacha yetib kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlarda 4 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinichi o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi o‘z tarixida yubiley 40-bor o‘tkazilgan ushbu musobaqada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi va sportchilarimizni tabriklab qoladi.

Text to speech