1 Dekabr 2021 2121

Xalqaro dzyudo federatsiyasi dzyudochilarning jahon reytingini yangiladi

Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi dzyudochilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda -90 kg vazn toifasida yetakchilik qilgan vakilimiz Davlat Bobonov 2 yil avvalgi musobaqalarda qo‘lga kiritgan ochkolarining kuygani sabab ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Yetakchilik Tokio-2020 chempioni gruziyalik Lasha Bekauri qo‘liga o‘tdi. Qayd etish joiz, joriy oy Bekaurining 2 yil avvalgi qo‘lga kiritgan yirik ochkolaridan biri hisobdan chiqariladi. Bu esa Bobonovning hali yana peshqadamga aylanishi anglatadi. Shuningdek, Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” finalchisi Hikmatilloh To‘rayev oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Batafsil:

-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 5240 ochko
22. Kemran Nurillayev – 1848 ochko

-66 kg:
1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5348 ochko
7. Sardor Nurullayev – 3569 ochko

-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5475 ochko
6. Hikmatilloh To‘rayev – 3199 ochko

-81 kg:
1. Mattias Kasse (Belgiya) – 6710 ochko
3. Sharofiddin Boltaboyev – 4456

-90 kg:
1. Lasha Bekauri (Gruziya) – 5780 ochko
2. Davlat Bobonov – 5736 ochko

-100 kg:
1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5744 ochko
13. Muhammadkarim Xurramov – 2815 ochko

+100 kg:
1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 6250 ochko
25. Alisher Yusupov – 1503 ochko
27. Bekmurod Oltiboyev – 1352 ochko

Ayollar:
-52 kg:
1. Amandin Bushar (Fransiya) – 6520 ochko
10. Diyora Keldiyorova – 3142 ochko

-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5739 ochko
10. Gulnoza Matniyazova – 3027 ochko

Text to speech