3 Noyabr 2021 1289

Jahon chempionatida barcha yarim finalchilar aniq

Serbiya poytaxti mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida chorak final janglari yakunlanib, final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladigan juftliklar ma’lum bo‘ldi.

Yarim final yo‘lida kechgan so‘nggi janglarda Mujibillo Tursunov (-63.5 kg) tajribali kubalik Endi Kruzga kichik 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Madiyar Saidrahimov (-92 kg) angliyalik Lyuis Ulyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shu tariqa final yo‘llanmasi uchun kechadigan bahsda 2 nafar vakilimiz ishtirok etadigan bo‘ldi. Yarim finalga yo‘l olgan vakillarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

4 noyabr:
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Doniyol Shobaxsh (Eron)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Xulio La Kruz (Kuba)

Text to speech