Bugun Paralimpiya oʻyinlari chempioni Safiya Burxanova tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Safiya Burxanova 1989-yil tavallud topgan. Para-yengil atletika boʻyicha 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan Paralimpiya oʻyinlarida yadro uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2019-yil BAA oʻtkazilgan jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Joriy yil Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida oʻzining sevimli yoʻnalishida oltin medalga sazovor boʻldi. Sportchimiz ushbu natijalari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Safiya Burxonovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.