FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2 Noyabr 2021 3464

Mintaqaviy forum mavzulari qiziqarli munozaralar bilan o‘tdi

Xabar berganimizdek, poytaxtimizda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya MOQ rahbariyati ishtirokida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ikkinchi yarmida ishtirokchilarning ma’ruza va taqdimotlari bo‘yicha qiziqarli munozaralar o‘tkazildi.

Ular orasida Qirg‘iziston MOQning birinchi vitse-prezidenti Kanat Amankulovning “Ko‘chmanchilar o‘yinlari”, “Osiyo bolalari” o‘yinlari xalqaro qo‘mitasi vitse-prezidenti Marat Bariyevning mazkur tashkilot faoliyati, Rossiya MOQ Bosh kotibi Vladimir Sengleyevning “Rossiya Federatsiyasi sport jamoat birlashmalari faoliyatida pandemiya (COVID-19)ning salbiy oqibatlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, Litva MOQ prezidenti Dayna Gudzinevichutening “Yevropa Olimpiya qo‘mitasi faoliyatiga MOQlarini jalb qilishning yangi yondashuvlari” kabi mavzulardagi chiqishlar ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘ldi.

Forum davomida Rossiya, Ukraina, Latviya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston MOQ vakillari ham mintaqamizda sportini hamjihatlikda rivojlantirish va boshqa mavzularda qiziqarli taqdimotlarini namoyish qilishdi.

Yakunda Forum koordinatori kun davomida qilingan ma’ruza va taqdimotlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, ishtirokchilarni bu bo‘yicha keng munozaraga chorladi. Qatnashchilar mavzular bo‘yicha turli fikrlar bildirdilar va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida fikr almashishdi.

Text to speech