Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevni tabriklaymiz!
Bugun oʻzbek sportida oʻz oʻrniga ega bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.
Murodjon Ahmadaliyev 1994-yil 2-noyabrda tugʻilgan. Havaskor boks boʻyicha Osiyo chempioni (2017), jahon chempionati finalchisi (2015) va Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi hisoblanadi. Toshkentdagi Osiyo chempionatidan soʻng Murodjon faoliyatini professional boksda davom ettirdi va juda qisqa fursat, atigi sakkizinchi jangidayoq yengil vazn toifasida birlashgan WBA va IBF kamarlarini qoʻlga kiritdi. Bokschimiz bunday muvaffaqiyatlari evaziga hukumatimiz tomonidan “Oʻzbekiston iftixori” va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Murodjon Ahmadaliyevni bugungi ayyom tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.