2 Noyabr 2021 1639

Tursunov chorak finalda, Aslonovda mag‘lubiyat

Serbiya poytaxti Belgradda davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi. Afsuski, unda yana bir vakilimiz musobaqani tark etdi.

1/8 finalda hamyurtimiz Mujibillo Tursunov (-63 kg) Xitoy Taypeyi vakili Chu-Yen Lay raqiblik qildi. Bellashuvda har tomonlaman ustunlik qilgan andijonlik bokschimiz keyingi bosqich masalasini hal qildi. Afsuski, -80 kg vazn toifasida Odiljon Aslonov amreikalik Robbi Gonsalesga imkoniyatni boy berib qo‘di – 2:3.

Bugun chorak final bahslariga start beriladi. Unda 6 nafar vakilimiz yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi:

-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Temirtas Jussupov (Qozog‘iston) (17:00)

-60 kg: Abdumalik Xalakov – Vsevolod Shumkov (Rossiya) (17:50 dan so‘ng)

-75 kg: Saidjamshid Jafarov – Viparon Jongjoxo (Tailand) (19:15 dan so‘ng)

+92 kg: Lazizbek Mullajonov – David Chaloyan (Armaniston) (20:15 dan so‘ng)

-63,5 kg: Mujibillo Tursunov – Endi Kruz (Kuba) (22:55 dan so‘ng)

-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Lyuis Uilyams (Angliya) (00:40 dan so‘ng)

Text to speech